Odamlar
Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Ko’hna xotiralar mahzun ko’z ochdi,
Hayot qozonida ko’paydi kamlar.
Quyosh chiqqaniga ming yildan oshdi,
Nega uyg’onmaydi odamlar?
***
Qadamlar nojo’ya qadamlar og’ir,
Giyohlar ko’zida obi zamzamlar.
Yuzin yashirib yig’lamoqda yer,
Nega ishonmaydi odamlar?
***
Qo’llarida cho’g’ni asragay qanday,
Nahot o’chib borar asriy bu shamlar.
Jannatga buyurtma berib qo’yganday,
Nega shoshilmaydi odamlar.
***
Shabnamlar alvido aytdilar sokin,
Bu nurli visoldan titragan damlar.
Bu tong oxirgisi bo’lishi mumkin,
Nega uyg’onmaydi odamlar?
Fazliddin Burxonov